Poytaxtda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik qay darajada olib borilmoqda? Muammolar joyida bartaraf etilyaptimi? Şu savollarga javob izlab, poytaxtning Mirobod tumanidagi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari bilan tanişdik.
Tumanning Şahrisabz köçasida umumiy uzunligi 5,4 km bölgan piyodalar yölakçasi qurilayotganiga guvoh böldik. Yölakçada közi ojizlar va velosipedçilar uçun ham alohida şaroitlar möljallanişi közda tutilmoqda ekan. Şuningdek, tumanda köçalardagi noqonuniy örnatilgan va hokimlik bilan şartnomasi bölmagan reklama bannerlari ham olib taşlanmoqda.
Mirobod köçasida (Nukus köçasidan Şahrisabz köçasigaça bölgan qismida) eskirgan tungi yoritiş moslamalarini zamonaviy tungi yoritiş ustunlarga almaştiriş işlari olib borilmoqda. Tuman hokimligi vakilining ma'lumot berişiça, uşbu işlar homiylik mablağlari hisobidan amalga oşirilmoqda. Jami 1,2 mlrd söm ajratilgan.



Şuningdek, tumanning Yangi Mirobod MFY hududidagi 3-tor Mironşoh 5-uy yon tomonida sovuq suv tizimi quvuridagi nosozlikni ta'mirlaş taşkillaştirilib, avariya holati bartaraf qilinmoqda. Fuqarolarning sözlariga köra, quvur yorilganiga 2 kun bölgan.
Keyingi manzilimiz – tumanning Fayzobod MFY böldi. Mahalla ahlini bir neça yillardan beri yoğoç ustunlarning eskirgani qiynab kelmoqda ekan. Bir neça joylarga murojaat qilişgan, ammo natija bölmagan. Hozirda xududda eskirgan yoğoç ustunlarni zamonaviy temir-beton ustunlarga almaştiriş işlari boşlab yuborilgan.



Tumandagi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik bilan tanişar ekanmiz, qiziq bir holatga duç keldik. Mahallalardan biridagi köçalar va fuqarolarning uylari oldini tuman obodonlaştiriş işçilari tozalayotganiga guvoh böldik, lekin obodonlaştiriş boşqarmasi rahbarining sözlariga köra, bu işlar taşkilot vakolatiga kirmaydi.


«Bu işlar Obodonlaştiriş boşqarmasi işçilarining vazifasiga kirmaydi. Lekin şahar tozaligi uçun qilişga majburmiz. Şu örinda fuqarolarimizga iltimos qilib qolmoqçiman. Öz uylari hududini toza, ozoda tutib, şahrimiz tozaligiga hissa qöşişsa, maqsadga muvofiq bölar edi», deydi Mirobod tuman obodonlaştiriş boşqarmasi rahbari.
Ayni kunlarda poytaxtning boşqa tumanlarida ham kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari davom etmoqda.











