Toşkent şahri Mirobod tumanida mototsikl haydovçisi oldinda harakatlanayotgan yuk avtomobiliga urilib, boşqaruvni yöqotgan, söng qarama-qarşi yönalişda harakatlanayotgan Kia avtomobili bilan töqnaşgan. Hodisa oqibatida mototsikl haydovçisi vafot etgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa 25-sentabr kuni soat 22:45 da Mirobod tumanidagi KHAY köçasidagi 83-maktab qarşisida sodir bölgan.
21 yoşli haydovçi motoransport vositasini boşqarib ketayotib, oraliq masofani saqlay olmagan va özi bilan bir yönalişda harakatlanayotgan 32 yoşli haydovçi boşqaruvidagi GAZ 5312 rusumli transport vositasi bilan töqnaşgan. Töqnaşuvdan söng mototsikl haydovçisi boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişda harakatlanayotgan 25 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Kia K5 bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida mototsikl haydovçisiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Biroq u kasalxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Iş Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) tegişli qismlari asosida qözğatilgan.













