Yevropa komissiyasi (YeK) Germaniyaning BioNTech va AQŞning Pfizer kompaniyalari tomonidan işlab çiqariladigan vaksinadan 200 mln doza sotib olmoqçi. Bundan taşqari, yana 100 mln doza vaksinaga buyurtma beriş rejalaştirilgan. Bu haqda YeK va har ikki farmatsevtika kompaniyasi vakillari ma'lum qildi.
Vaksinani yetkazib beriş 2020 yil oxirida, tegişli idoralar uning bozorga çiqarilişini ma'qullaşi bilan boşlanadi.
7 sentabr kuni BioNTech va Pfizer Germaniyadagi klinik sinovlarning yakuniy bosqiçi haqida xabar berdi. Hozirgaça klinik sinovlarda 25 ming köngilli iştirok etgan.
Avvalroq Germaniyada yana bir korxona - CureVac biotexnik kompaniyasi vaksina sinovlarini ötkazişni boşlagandi.













