10 sentabr kuni ötkazilgan «Maktabgaça ta'lim: yangi start» mavzusidagi matbuot anjumanida pandemiya şaroitida maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatiga qöyiladigan talablar ma'lum qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, boğça tarbiyalanuvçilari va xodimlari xavfsizligini ta'minlaş uçun quyidagi çora-tadbirlar köriladi:
- Kiriş joyida töplanişlarning oldini oliş uçun tarbiyalanuvçilar tasdiqlangan jadval asosida kuzatib qöyiladi va olib ketiladi. Bolalarni tarbiyaçilar qabul qilib oladi, bola tarafidan bölgan vakillar boğça hududiga kiritilmaydi;
- Oçiq havodagi maşğulotlar va sayrlar paytida bolalar, tarbiyaçilar va ularning yordamçilarining bevosita munosabatiga yöl qöyilmaydi;
- Binolarda kuniga 3 marta tozalovçi vositalar yordamida suvli, 1 marta dezinfeksiya vositalari orqali tozalaş işlari ötkaziladi. Şuningdek, köp muomalaga kirişuvçi yuzalar (eşik va deraza tutqiçlari, romlar, stollar, elektr ulagiçlar) kun davomida 4 marta dezinfeksiya qilinadi;
- Har kuni öyinçoqlar, tarbiyaviy materiallar va jihozlarning sanitar tozalov işlari, bundan taşqari, usti berk supaçalar va öynaş maydonçalarining tozalaş işlari va dezinfeksiyasi ötkaziladi;
- Kontaktlarning oldini oliş uçun xodimlar ovqatni jadval böyiça faqat ovqat bloklaridan oladi. Idiş-tovoqlarni yuvişda dezinfeksiyalovçi vositaning 1 foizlik eritmasidan foydalaniladi.
Xususiy MTTlar öz rahbariyatlari qaroriga muvofiq ravişda oçiladi.
Anjumanda qayd etilişça, bolalarning maktabgaça ta'lim taşkilotiga xavfsiz qatnovini ta'minlaş uçun vazirlik tomonidan quyidagi çoralar köriladi:
- Boğçaning pandemiya holatida oçilişga tayyor ekanligi monitoring qilinadi;
- xodimlarning sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarşi qoidalarga qöşimça öqitilişi amalga oşiriladi;
- televideniye va internetda efirga uzatilişi uçun tarbiyaviy kontent yaratiş davom ettiriladi.
Şuningdek, maktabgaça ta'lim taşkilotlari pandemiya şaroitida xavfsiz faoliyat yuritişi uçun tuman/şahar hokimiyatlari mahalliy budjet hisobidan bir qator tadbirlarni amalga oşirişi kerak böladi.
Xususan, suv ta'minoti tizimiga ulanmagan va artezian quduqlariga ega bölmagan davlat MTTga uzluksiz suv zaxirasi yetkazib berilişi, dezinfeksiyalaş va tozalaş vositalari, qöllar uçun zaruriy antiseptik vositalar bilan ta'minlanişi lozim.







