Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin Özbekistonda boğça yoşidagi bolalarni ta'lim bilan qamrab oliş borasidagi işlar xususida axborot berdi.
«Sönggi uç yil mobaynida respublika böyiça 1,5 mln nafar bolani maktabgaça ta'lim bilan qamrab olişga erişildi. Bu 2017 yildagi körsatkiçdan ikki barobar köproqdir. Joriy yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Şuningdek, maktabgaça ta'lim taşkilotlari soni ham tobora ortib bormoqda. 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bölgan, hozirga kelib ularning soni 14 mingtadan ortdi», dedi Agrippina Şin 10 sentabr kungi matbuot anjumanida.
Anjumanda qayd etilişiça, 2020 yil yakuniga qadar 18ta yangi boğça binosi qurib bitkazilişi, 129ta böş inşootlar foydalanişga topşirilişi va 261ta davlat boğçalari ta'mirlanişi belgilangan. Bu 32,7 ming nafar tarbiyalanuvçi uçun yangi örinlarni yaratadi.
Vazirning sözlariga köra, maktabgaça ta'lim sohasida davlat-xususiy şerikligi formati ham rağbatlantirilmoqda.
«2018-2019 yillarda Maktabgaça ta'lim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln sömga teng bölgan davlat-xususiy şerikligi böyiça şartnomalarni imzoladi. Bulardan 1,1 trln söm tadbirkorlar hisobidan, 2,8 trln söm imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan.
Yaqin orada quvvati 147,9 ming öringa teng bölgan nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari foydalanişga topşirilişi kutilmoqda. 2020 yilda 2 mingta oilaviy va 420ta DXŞ doirasidagi MTTlar oçilişi rejalaştirilgan», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












