Xitoyda burunga purkaladigan koronavirusga qarşi vaksinaning klinik sinovlari boşlanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

9 sentabr kuni Xitoy klinik tadqiqotlar idorasi sinovlar ötkazilişini ma'qulladi. Vaksina Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda Syamen va Hongkong universiteti olimlari tomonidan yaratilgan.

 Bu Xitoyda odamlarda sinalayotgan koronavirusga qarşi öninçi, ammo sprey körinişidagi birinçi vaksinadir, deb yozadi Bloomberg.

 Burunga purkaladigan vaksinaning ustun jihati şundaki, u ham tizimli, ham burun va tomoqda paydo bölib, virusga qarşi darhol kuraşadigan lokal immunitet hosil qiladi, deydi Birmingemdagi Alabama universiteti immunologi va vaksinalar işlab çiquvçi Frenses Lund.  

 Hozirda dunyo böyiça ikkita vaksina – Gamaleya nomidagi milliy markaz işlab çiqqan Rossiya vaksinasi va Xitoyning CanSino Biologics Inc kompaniyasi vaksinasi röyxatdan ötkazilgan.