Pulsoksimetrdan kanday foydalaniş kerak?

  • Moslama yokilgandan söng, öz-özini sinab köriş jarayoni tugaşi bilan bir neça soniya kutiş kerak;
  • Moslamani barmoqqa ortiqça bosimsiz örnatiş kerak;
  • Moslama lak bilan böyalgan tirnoqqa qöllanmaydi;
  • Moslamaning batareyasini öz vaqtida zaryadlaş yoki batareyalarni özgartiriş lozim;
  • Moslamadan bir kunda 2-3 mahal, zarurat bölsa undan köproq foydalaniladi.

Uy şaroitida kislorod konsentratorini qöllaş qoidalari:

  • Kislorod konsentratorini havo erkin aylanişi va xonaning maqbul namligi bor joyga örnatiş kerak. Moslama issiqlik manbalari yaqiniga qöyilmaydi;
  • Distillangan suv bilan kislorodni namlaş uçun möljallangan maxsus idiş töldiriladi;
  • Şifokor tavsiyasiga binoan kislorod terapiyasining davomiyligi va havo oqimi rejimi kuzatiladi;
  • Oila a'zolarini özaro zararlamaslik uçun şaxsiy burun kanyulyalaridan foydalaniladi.

Kislorod konsentratorini işlatiş ketma-ketligi:

  • Rezervuar belgilangan joyigaça namlagiç suv bilan töldiriladi;
  • Moslama yoqiladi. Kanyulyaning bir uçi moslamaga ulanadi, ikkinçi uçi esa burun yöllariga qöyiladi;
  • Kislorod oqimi örnatilgandan keyin, şifokor tavsiyasiga köra kislorod terapiyasi boşlanadi;
  • Kislorod terapiyasini burun kanyulyasi orqali olayotganda kökrak qafasi va qorin bilan nafas olinadi. Öpkaning maksimal darajada qisilişi va tozalanişi uçun ravon nafas olinadi;
  • Maşğulot oxirida havo ta'minoti töxtatiladi va moslama elektr tarmoğidan öçiriladi.