Jumladan, şu kunlarda SOVID-19 infeksiyasidan davolanib çiqqan va qöşimça oksigenoterapiya muolajasiga muhtoj bemorlar uy şaroitida kislorod konsentratorlari bilan ta'minlanişi haqida turli xabarlar tarqaldi. Bu qançalik rost, deya berilgan savol böyiça ma'lumotlar taqdim etildi.
«Töğri, hozirgi kunda bemorlar kasalxonadan davolanib çiqib reabilitatsiya jarayonlarini ötaşlari zarur. Çunki uşbu infeksiya oğir turini ötkazgan bemorlarning organizmni tiklaşiga vaqt kerak böladi. Şuning uçun koronavirus infeksiyasi asoratlari bilan davolanib çiqqan bemorlarni uy şaroitida soğlomlaştiriş (reabilitatsiya)ni yanada sifatli va maqsadli taşkil etiş xamda nogironlikning oldini oliş maqsadida SSVning buyruği qabul qilindi.
Kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlar SOVID-19 kasalligidan davolanib çiqqan bemorlarning kasallik tarixidan köçirmalarga va soğlomlaştiriş böyiça tavsiyalarga muvofiq, kislorod konsentratori va pulsoksimetrga muhtojligi körsatilgan bemorlarga beriladi.
Namunaviy şartnomada belgilangan dastlabki 7 kunlik muddatda tibbiy jihozdan foydalanayotgan bemor soğligining umumiy holati davolovçi şifokor tomonidan örganiladi va örganiş natijasida bemorning kislorod konsentratori va pulsoksimetrga zaruriy ehtiyoji mavjud emasligi aniqlansa, tibbiy jihoz belgilangan tartibda boşqa bemorlarga yönaltiriladi.
Kislorod konsentratori va pulsoksimetrlarni samarali va maqsadli işlatilişining kunlik nazorati va bu jarayonlarning monitoringi olib boriladi», - dedi Barno Abdusamatova.

















