Özbekistonda sun'iy nafas beriş (SNB) qurilmasi yaratildi. Uşbu qurilma mahalliy texnik imkoniyatlardan kelib çiqqan holda yaratilgan va narxi 5 million sömni taşkil etmoqda, – deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Özavtosanoat» qoşidagi R&D markazi muhandisi Fikrat Umirovning ma'lum qilişiça, ÖzAvto sun'iy nafas beriş qurilmasi mahalliy texnik imkoniyatlardan kelib çiqqan holda bemorlar uçun xavfsiz va uzluksiz tibbiy yordam körsatişga möljallangan bölib, öpkani mexanik şamollatiş orqali nafas yetişmovçiligining oldini olişi közlangan.

Uşbu loyiha qiymati 65 mln sömni taşkil etadi. Qurilma ötkir respiratorli distress sindromi (öpka yalliğlanişidagi nafas yetişmovçiligi)da qöllaşga möljallangan keng qamrovli sozlamalarga ega bölgan boşqaruv tizimiga ega.
“Eng afzal jihati uşbu mahalliy qurilmalar boşqa keng tarqalgan SNB qurilmalarining yuqori tannarxi (25-50 ming dollar)dan sezilarli darajada arzon bölib, 5 million sömni taşkil etadi”, – dedi Fikrat Umirov 29 oktabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligida bölib ötgan “Avtomobilsozlikdagi dolzarb muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminarda.
Şuningdek, qurilma oson mexanik boşqaruv tizimiga egaligi va DIY tarkibiy qismlarining aniqlanişi osonligi bilan boşqa qurilmalardan ajralib turişi alohida ta'kidlandi.

















