Viloyat hokimligining Telegram-kanalida e'lon qilingan rasmiy munosabatda “Greyt Qöqon” MÇJ kislorod konsentratorini Xitoy Xalq Respublikasidan töliq sotib olib kelmagani, balki “MIC Medisal Co.Ltd” kompaniyasi bilan imzolangan şartnomaga köra Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan konsentratorning 40 foiz qismi (kislorodni ajratuvçi filtrlar, sensorli boşqaruv tizimi va kompressor) Xitoydan import qilinayotgani, söngra “Qöqon” EIZda yiğilayotgani ta'kidlangan.

«Şu bilan birga konsentratorning 60 foiz qismi ( korpuslar, turli ölçamdagi elektr uzatiş kabellari, havo uzatuvçi şlanglar, öçirib yoqiş qurilmalari, suv quyiş idişi va turli ölçamdagi bolt va şruplar, qadoqlaş qutisi va pena) kooperatsiya usulida Özbekiston Respublikasida işlab çiqariş korxonalaridan sotib olib yiğilmoqda...

Bugungi kunda Xitoyda 5 litrlik kislorod konsentratorlarning narxi 300-400 AQŞ dollari miqdorida böla turib, bizning korxonamizda yiğilayotganining narxi 290 AQŞ dollarini taşkil etmoqda. Agar biz kislorod konsentratorini Xitoy Xalq Respublikasidan tayyor holda olib keladigan bölsak, yöl xarajatlari, bojxona boji va qöşimça qiymat soliği tölovlari bilan 300-400 AQŞ dollarlik mahsulotlar 355-470 AQŞ dollarga tuşadi. Biz mahsulotni olib kelib, şunça sarf xarajatlarni tölab, mahsulotimizni 60 yoki 180 AQŞ dollari miqdoridagi zararga sotişimiz kerak böladi», – deyiladi bayonotda.