Özbekiston Qatar poytaxti Doha şahrida Afğoniston hukumati va «Tolibon» harakati örtasida inklyuziv muzokaralar boşlanganini olqişladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilgan.
«Umid qilamizki, afğonlararo muloqot öt oçişni barqaror töxtatişga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinçlikni örnatiş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratadi.
Özbekiston «siyosiy jarayonlar faqat afğonlar tomonidan va Afğoniston xalqi rahbarligida olib borilişi lozim», degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yaraşuvga erişiş yölidagi sa'y-harakatlari va intilişlarini bundan keyin ham qöllab-quvvatlaydi hamda döst Afğoniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etişda har tomonlama yordam körsatişda davom etadi.
Avvalroq, Özbekiston afğonlararo muzokaralarning keyingi bosqiçlaridan birini Samarqandda ötkazişga tayyorligi xabar qilingandi.
Özbekiston afğonlararo muzokaralarning keyingi bosqiçlaridan birini Samarqandda ötkazişga tayyor











