Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport ta'lim muassasalarida 2020-2021 öquv yili joriy yilning 1 oktyabridan boşlab amalga oşiriladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, sport ta'limi muassasalari iş faoliyatini yölga qöyişga muassasa rahbari tomonidan öquvçilarni xavfsiz saqlaş uçun tegişli şart-şaroitlarni ta'minlaş töğrisida imzolangan kafolat xati va Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlarining tegişli qarori mavjud bölgan taqdirdagina ruxsat berilişi belgilandi.
Sport ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlari öquvçilarning ota-onalari (ularning örnini bosuvçi şaxslar)ning xohiş-istaklaridan kelib çiqib, an'anaviy yoki onlayn (masofaviy) şaklda taşkil etiladi.
Sport ta'lim muassasalarida öqişni an'anaviy şaklda davom ettiriş istagini bildirgan öquvçilarning ota-onalari (yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar)dan yozma rozilik talab etiladi, şuningdek, öquvçilarga, soğliği töğrisida ma'lumotnomani taqdim etişi hamda ularning ota-onalaridan yozma rozilik olingandan söng, öqişga kelişlariga ruxsat beriladi.
Joriy yilning 20 sentyabridan boşlab boşqa sport bazalarda (oromgoh, sanatoriy) tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va me'yorlariga qat'iy amal qilgan holda tegişli taşkilotlarning ruxsati bilan öquv-maşq yiğinlarini taşkil etişga ruxsat etiladi.

Sport ta'lim muassasalari trener-öqituvçilari tomonidan özlariga biriktirilgan öquvçilarga sport maşğulotlari jadvalidan kelib çiqib, sport turlari böyiça amaliy maşğulot vazifalarini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylaştirilgan videoroliklar körinişida onlayn (masofaviy) şaklda berib boriş va berilgan vazifalar hamda normativlarni öquvçilar tomonidan bajarilişini nazorat qilib boriş yölga qöyilmoqda.
Işçi guruh sport ta'lim muassasalarining 2020-2021 öquv yili jarayoni va öquv-maşq yiğinlarini tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va me'yorlariga qat'iy amal qilgan holda taşkil etilişini joyiga çiqqan holda örganadi va doimiy ravişda nazorat qiladi.












