Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (hozirgi Yoşlar siyosati va sport vazirligi) mansabdor şaxslari davlat mulkini özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilişda gumonlanmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabar berdi. 

Agentlik tomonidan fuqaroning murojaati asosida tuzilgan işçi guruh Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini örgangan va ayrim mansabdor şaxslar tomonidan bir qator xato va kamçiliklarga yöl qöyilganini aniqlagan. Ularning ismi-şarifi xabarda keltirilmagan. 

Jumladan, 2019 yilda Italiyaning Pediluko şahrida akademik eşkak eşiş böyiça ötkazilgan turnir hamda öquv yiğini maşğulotida Özbekiston milliy jamoasining iştirokini ta’minlaş uçun davlat budjetidan 334 mln söm, 20 680 yevro va 1500 dollar ajratilgan. Biroq, örganişlar davomida uşbu xalqaro tadbirlar uçun sarflangan mablağlarni tasdiqlovçi hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan. 

Şuningdek, 2019 yilda Tokio va Pekinda sinxron suziş böyiça bölib ötgan xalqaro musobaqalarga mas’ullar 1015 dollar miqdorida ortiqça xarajatga yöl qöygan. 

Bundan taşqari, vazirlik tomonidan 2020 yilda budjet mablağlari hisobidan sport jihozlari sotib oliş uçun «Maşxim» MÇJ, «Arabboy sport» XK va «Sport jihoz lyuks» korxonasi bilan 45 ta holatda 15 mlrd sömlik şartnomalar tuzilgan. Örganişda 6 ta şartnoma böyiça sotib olingan 2,9 mlrd sömlik jihozlarning foydalaniş uçun tarqatilganini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan. 

Örganiş yakuni böyiça töplangan hujjatlar qonuniy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan. 

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksi 167-moddasining 3-qismi, «a» bandi (davlat mulkini juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.