CNN ma'lumotlariga köra, markazlarning har haftalik hisobotlari soğliqni saqlaş vazirligiga tuşgan dastlabki körinişda e'lon qilinmay, balki Tramp sözlariga mos keladigan holda tahrirlangan.
Biroq telekompaniya bunga aniq misollar va bunday tuzatişlar qaçon kiritilgani haqida ma'lumot keltirmagan.
Materialda ta'kidlanişiça, soğliqni saqlaş vazirligi xatti-harakatlari “koronavirusning xavflilik darajasini pasaytirişga uringan” Tramp ma'muriyati siyosatiga mos keladi.
CNN manbalari ma'lumotlariga köra, AQŞ ma'muriyati vakillari Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari AQŞ prezidenti manfaatlariga zid ravişda harakat qilgan bölişi mumkinligi va şu sababli ularning hisobotlarini tahrirlaş lozim deb öylaşgan.












