Qatardagi şartnoma ikki muhim jihatni belgilab bergandi. Birinçisi - Afğonistondan xorijiy kuçlarni olib çiqib ketişning vaqt jadvali bölsa, ikkinçisi toliblar öz hududlaridan AQŞ yoki uning ittifoqçilariga hujum qiliş uçun foydalanişlarining oldini oldi.

Şuningdek, bitim «Tolibon»ni Afğoniston hukumati va boşqa afğon rahbarlari bilan birinçi marta siyosiy kelişuvga erişiş uçun töğridan-töğri muzokaralarni boşlaşga majbur qildi.

Şu hafta Qatarda 20 yillik uruşga çek qöyiş uçun muzokaralar boşlandi. Martda ötkazilişi rejlaştirilgan muzokaralar mahbuslarni ayirboşlaş rejasi sabab orqaga surilgandi. AQŞ- «Tolibon» kelişuviga köra, Afğon hukumati harakatning 5000 a'zosini ozod qilişi, toliblar esa buning evaziga xavfsizlik kuçlarining 1000 nafar askarini hukumatga qaytarişi belgilab olingandi.

Avvaliga bu bitimni tan olmagan prezident Aşraf Ğani nihoyat jiddiy jinoyat sodir etmagan 400ga yaqin mahbusni ozod qilişga qaror qildi.

Mahbuslarni ozod qiliş qarori amalga oşirilgandan keyin ham keçikişlar yuzaga keldi. Buning sababi Afğoniston hukumati toliblar ozod qilişi kerak bölgan askarlarni talab qilayotgani bölsa, bir tomondan Fransiya va Avstraliya fuqarolarini öldirişda iştirok etgan mahbuslarning ozod qilinişiga qarşi çiqayotganidi.

Tinçlik muzokaralarida xavf ostida bölgan narsa nima?
Jarayonning navbatdagi bosqiçi – «Tolibon» va Afğoniston hukumati içidagi muzokaralar hisoblanib, u haqiqiy «tinçlik şartnomasi» atrofida böladi. Muzokaraçilar mamlakat uçun siyosiy kelajakda bir qança kelişuv yaratişga harakat qilişmoqda. Vazifa qörqinçli körinadi. Sababi bir tomondan toliblar amal qiladigan «Islom amirligi», boşqa tomondan, sönggi 20 yil içida yanada zamonaviy, yanada demokratik Afğoniston barpo etilgan. Bunday vaziyatda mamlakat uçun raqobatdoş qaraşlarni yuzaga çiqariş oson emas.

90-yillarning örtalaridan 2001 yil AQŞ boşçiligidagi koalitsiya kirib kelguniga qadar toliblar mamlakatning aksariyat qismini nazorat qilganda, ular şariat qonunlarining qattiq va shafqatciz talqini ostida hukmronlik qildilar. Boşqa çeklovlar qatorida ayollarning işlaşiga yoki maktabga borişiga tösqinlik qilingan.

Endilikda toliblar ayollarning ta'lim olişiga qarşi emasliklarini ta'kidlaşmoqda, lekin köpinça ular olgan bilimlarni qabul qilişdan boş tortişadi. Ayollar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi bayonotlar islomiy qadriyatlar böyiça ogohlantirişlar asosida baholanadi. Köplab afğonlar özlarining özgarganiga şubha bilan qaraşadi.

Amerika qöşinlarining olib ketilişi
Sönggi yillarda Afğonistondagi Amerika qöşinlari soni qisqartirilmoqda. AQŞ bilan kelişuviga köra, agar toliblar «Al-Qoida» böyiça öz majburiyatlarini bajarsalar va hukumat bilan muzokaralarni boşlasalar, AQŞning barça kuçlari 2021 yil mayiga qadar çiqib ketadi. Çiqiş Afğoniston hukumati va Tolibon örtasida kelişuvga boğliq emas. Amerika qöşinlarining olib ketilişi köproq AQŞda ötadigan saylov natijalariga boğliq.

Şu yil oxirida bölib ötadigan saylovlar oldidan AQŞ prezidenti Donald Tramp bir neça bor Amerika harbiylarini vatanga imkon qadar tezroq olib keliş istagini bildirgan edi. U uşbu mamlakatdagi harbiylar sonini noyabrgaça 5 mingga tuşirişni va'da qilgan, buni 2001 yildan beri rekord körsatkiç desa ham böladi.

Kuzatuvçilardan birining BBC'ga aytişiça, prezident Tramp ma'muriyatining asosiy maqsadi – «Tolibon»dan terrorizmga qarşi hamkorlik böyiça kafolat oliş hisoblanadi. Bu yerda ayollar huquqlari yoki inson huquqlari ustuvor deb hisoblanmagan.

Ba'zi tahlilçilarga köra, demokratlar uçun prezidentlikka nomzod Jo Bayden noyabr oyida prezidentlikka saylansa, u çiqib ketiş jarayonini sekinlaştirişi mumkin. Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani mahbuslarni ozod qiliş rejasini qasddan töxtatib, AQŞ rahbariyatida özgariş böladimi yoki yöqligini kutib turişi mumkin degan taxminlar ham mavjud.

Afğonistonni kim boşqaradi?
Amerika qöşinlari çiqib ketayotganida, «Tolibon»ning köplab tarafdorlari, endi qanday jamiyat yaratilişi kerakligini aniqlay olamiz, deb işonişgandi. Ammo hamon muhokamalar davom etmoqda. Hozir toliblar «vaqtinçalik hukumat»ni tuzişni taklif qilişlari mumkin, biroq hukumat qanday tuzilişi mumkinligi va hozirgi siyosiy rahbariyat qayerda qolişi noma'lum bölib qolmoqda.

Yevropa Ittifoqi kelajakdagi har qanday rejim inson huquqlari böyiça xalqaro me'yorlarga rioya qilmasa, sarmoyalar va yordamlar töxtatilişi mumkinligini ta'kidlagan.

Hozirgaça jarayon sur'atini hisobga olgan holda muzokaralar çözilişi mumkin va ularning natijalari noaniq. Biroq köp yillik ziddiyatlardan söng ular afğonlarga tinçlik örnatiş uçun heç bölmaganda imkoniyat berişga harakat qilişmoqda.