Tumanda uşbu tarmoqqa bugun butunlay yangiça yondaşilyapti. Alohida kooperativ taşkil qilindi.

“2020 yilda 2021 yil hosili uçun fermer xöjaliklari va aholi tomorqalarida qulupnay ekişni 1000 gektarga yetkaziş rejalaştirilgan. Şundan 500 gektari mutlaqo yangi, qöl mehnati deyarli talab qilmaydigan tomçilatib suğoriş texnologiyalari asosida ekiladi. Qulupnay yetiştiriş uçun ajratilgan yerlarda asosan kambağal oilalar va yoşlar, şu jumladan, xotin-qizlar işga qabul qilinmoqda. Tumandagi böş turgan sobiq “Konserva” zavodi binosi negizida muzlatkiçli omborxona quriladi va saralaş, qadoqlaş hamda logistika markazi taşkil etiladi. Yetiştiriladigan jami hosil 30 ming tonnani taşkil etib, şuning kamida 10 ming tonnasi (10 mln. AQŞ dollari qiymatida) eksportga yönaltirilişi rejalaştirilyapti. Uşbu çora-tadbirlar amalga oşgaç, 5 mingdan ortiq işsiz yurtdoşlarimiz doimiy daromad manbaiga ega böladi”, deydi tuman hokimi A'zamxon Bahromov.
Tumanda jami 12 ta qişloq xöjalik kooperativlari taşkil etilib, kam ta'minlangan hamda işsiz fuqarolarga 30-50 sotixdan yer maydoni qulupnay, tok va boşqa daromadli ekinlar ekiş uçun uzoq muddatga ijaraga berilibdi.

“Bir neça marta Rossiyaga borib işlab kelganman. Musofirçilikda heç qaçon non topiş oson bölmagan. Bir uyda uç xöjalik bölib yaşab kelyapmiz. Mana şu joylar yaqingaça lalmi yer bölgan. Suv çiqarib beramiz, dehqonçilik qilasizlarmi, deyişdi. Karantin sababli çetgayam çiqib işlaşning imkoni bölmay turgandi, rozi böldim. Avval dehqonçilik qilmaganman, rosti. Tavakkal qilib boğ oralariga qovun-tarvuz, loviya-fasol ekdik. Qovun-tarvuzni bozorga olib çiqdik, paykalning özidan ham kelib olib ketişdi. Oilaviy bölib işlayapmiz, hozirça yetti-sakkiz million daromad qildik. Boşqa qişloq xöjalik ekinlarimiz ham yaxşi hosilga kirgan. Nasib qilsa, qiynalmaymiz, birovga muhtojligimiz bölmaydi”, deydi tumanning “Boğot” mahallasidan kelib kooperatsiyada işlayotgan Jamoliddin Rözimurodov.
Tumanda şuningdek, işsiz va kambağal oilalarni doimiy daromad manbai bilan ta'minlaş maqsadida şu kunga qadar 26 ta yuk motorollerlari va 35 ta motokultivatorlar tarqatilibdi.











