Moskva MDH davlatlari bilan aviaqatnovni bir oy içida qayta tiklaşi mumkin. Bu haqda «Interfaks» vaziyatdan xabardor manbaga tayangan holda ma'lum qildi.
«Birinçi navbatda MDH davlatlari poytaxtlari bilan parvozlarni oktabr oyidan tiklaş böyiça mexanizmlar muhokama qilinmoqda. Gap Nur-Sulton, Toşkent, Boku, Yerevan va boşqa şaharlar haqida bormoqda», - dedi manba.
Uning sözlariga köra, Minsk bilan aviaqatnov birinçi bölib tiklanişi mumkin.
«Hozirça bu masala ikki mamlakat aviatsiya ma'muriyati va aviakompaniyalari iştirokida işlab çiqilmoqda. Parvozlarni tiklaş sanasi hali aniqlanmagan», - dedi agentlik suhbatdoşi.
Bundan oldin, Transport vazirligi vakili Rossiyaga aviareyslar qaçon tiklanişi haqida aytib ötgandi.
Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatovning bildirişiça, masala köproq Rossiya tomoniga boğliq bölib turibdi.
«Köpçilik Rossiyaga qaçon aviareyslar tiklanişiga qiziqişi tabiiy. Çunki bu eng tiğiz yönaliş. Ammo bu yerda muammoning yeçimi bizning xohişimiz yoki qarorlarimizga boğliq emas. Bu masala köproq Rossiya tomoniga boğliq bölib turibdi. Lekin oldin aytganimizdek muzokaralar davom etmoqda va xayrli yakundan umid qilib turibmiz», - dedi u.












