Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning kiyimlari va şaxsiy buyumlarida zahar izlari topilmagan. Uni zaharlaşgani aytilayotgan modda faqat Tomskdagi mehmonxonadan topilgan şişada aniqlangan. Bu haqda siyosatçining matbuot kotibi Kira Yarmiş ma'lum qildi.
Yarmişning «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, Navalniyning tarafdorlari mehmonxonada u foydalangan deyarli barça narsalarni yiğib olib, siyosatçi özini yomon his qilgaç, buyumlarni tekşiruv uçun yuborişgan. Topilgan buyumlarning bir qismi Navalniyni Germaniyaga olib ketgan samolyotda yetkazilgan.
Navalniyni zaharlaşda foydalanilgani aytilayotgan şişani esa muxolifatçining dösti Mariya Pevçix olib borgan. Kira Yarmiş şişa borasidagi fakt nega tezda aniqlanmaganini tuşuntirar ekan köpçilik bu borada Navalniyning özi bilan maslahatlaşiş uçun u komadan çiqişini kutganini aytdi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Germaniyaga olib ketilgan va zaharlaniş işida hal qiluvçi bölişi kutilayotgan şişa haqida şunday dedi: «Mutaxassislarning aytişiça, agar şişada asab tizimiga ta'sir qiluvçi modda bölsa, kimdir uni qayergadir olib ketolmagan, bunga şunçaki ulgurmagan bölardi».
Ma'lumot uçun, 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotgan Navalniy samolyotda özini yomon his qilgan va uçoq Omsk şahriga favqulodda qönişga majbur bölgan. Öşa kuni komaga tuşgan siyosatçi 7 sentabr kuni Germaniyadagi «Şarite» klinikasida komadan çiqdi. U 22 avgustdan buyon Germaniyada davolanmoqda.












