Şoşilinç tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib boriş, qönğiroqlar va bemorlarga xizmat körsatiş sifatini elektron qayd etiş joriy etiladi.

Özbekistonda şoşilinç tibbiy yordam böyiça yagona axborot tizimini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklaş va davom ettiriş yuzasidan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilişiça, bunda çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiladi. Unda şoşilinç tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib boriş, qönğiroqlar va bemorlarga xizmat körsatiş sifatini elektron qayd etiş nazarda tutiladi.

Bajariş muddati - 2020 yil oktabr, ijro uçun mas'ullar - Soğliqni saqlaş vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi. Moliyalaştiriş manbasi - Xalqaro rivojlaniş uyuşmasi krediti.