Alyor Saidmirzayev 35 yildan beri Farğona şahar Tez tibbiy yordam bölimida feldşer bölib işlaydi. Kasbining issiq-sovuği, pastu-balandini tatigan qahramonimiz sohaning bugungi kundagi holati, işdagi masʼuliyat hamda odamlarning şifokorlarga bölayotgan munosabati haqida sözlab berdi. “Çaqiruvga borganimizda baʼzan bizni haqorat qilişadi, kezi kelganda kaltaklaşadi ham, lekin barçasiga çidaymiz”, – deydi u.

Inson boşida har xil vaziyatlar bölişi mumkin. Hayot kutilmagan holatlar, past-balandliklar va sinovlardan iborat. Tösatdan bemor bölganimizda eng avvalo 103 raqamiga qönğiroq qilamiz. Çaqiruvga asosan feldşerlar yetib keladi va birinçi yordamni körsatadi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Farğona filialida 35 yildan beri faoliyat olib borayotgan feldşerlar Alyor Saidmirzayev, Mavjuda Hasanova va uning haydovçisi bilan suhbatlaşdik.

Tarsaki tuşganda közimdan yoş çiqib ketdi...

“Işimizda xalovat yöq. Masʼuliyatimiz esa katta. Har xil vaziyatlar böladi. Manzilga borganimizda keç kelding, deb haqorat qilişadi. Iloji boriça oğir-bosiqlik bilan bemor va yaqinlariga yaxşi gapirib, er-xotin janjal qilgan bölsa yaraştirib, dori-darmonlarni qilganimizdan keyin, holat yaxşi tomonga özgaradi. Köp holatlarda bemorning asabi buzilganda tutqanoq ham boşlanişi mumkin, yordam körsatamiz...

Asabiy odamlar juda köp. Odamlar uçun bir daqiqa bir soatdek tuyuladi. Yetib borganimizda baqiradi, çaqiradi, keç kelding deb xaqorat qiladi, lekin çidaymiz... Iloji boriça ularga oğir-bosiqlik bilan muomala qilişga harakat qilamiz. Birinçi yordam körsatilib bemorning qon bosimi yoki tana harorati tuşgandan keyin ular minnatdorçilik bildirişadi.

Har xil holatlar böladi. Bir çaqiruvga borganimizda erkak kişiga birinçi yordam körsatildi. Barça yordamlarga qaramasdan bemorning qon bosimi tuşmadi. Ilojsizlikdan bemorni nosilkaga oldik. Şu payt qayerdandir it kelib, yelkamni tişlab oldi. Öşa kuni kimgadir birinçi yordam körsatişga borganman, lekin özimga birinçi yordam körsatildi. Işimni yiğiştirib qöyib bir muddat davolanişga majbur böldim.

Kunlarning birida çaqiruv böldi. Borişimizga 80 yoşga kirgan çol yuragi uşlab, yaʼni infarktdan ölib qoldi. Xotini erim öldimi, deb mendan söradi. Endi xolajon, Xudo rahmat qilsin, umri şunça ekan, qölimizdan kelgani şu deganimni bilaman yuzimga bir şapaloq kelib tuşdi. Közimdan beixtiyor yoş çiqib ketdi. Öşanda uy bekasining qilgan işi juda oğir botgan. Ötirib olib yiğlaganman”, – deydi feldşer Alyor Saidmirzayev.