Fransiyaning LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SE kompaniyasi daromadi birinçi yarim yillikda ötgan yilning şu davriga taqqoslaganda 7,79 mlrd dollarga kamaygan.
Pandemiya ortidan Yevropadagi "lyuks" toifasidagi mahsulotlar işlab çiqaruvçi kompaniyalari savdosi 2020 yilning olti oyi davomida 22,14 mlrd dollarga kamaydi, deb yozmoqda Dow Jones.
Qayd etilişiça, Fransiyaning LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SE kompaniyasi daromadi birinçi yarim yillikda ötgan yilning şu davriga taqqoslaganda 7,79 mlrd dollarga kamaygan. Kompaniya ikkinçi çorakda Xitoyda savdolar ösganini qayd etdi, ammo Yevropa va AQŞda daromadlar sezilarli darajada kamaydi.
Gucci, Saint Laurent, Balenciaga va Bottega Veneta brendlari egasi bölgan Kering SA kompaniyasi daromadi yanvar-iyun oylarida 2019 yilning birinçi yarim yilligidagiga nisbatan 2,65 mlrd dollarga kam böldi. Kompaniya buni dökonlarining yopilişi va xalqaro turizmning töxtab qolişi bilan izohladi.
Şveytsariyaning Buccellati va Cartier brendlariga egalik qiluvçi Compagnie Financiere Richemont SA kompaniyasi olti oy davomida 2,62 mlrd dollar yöqotdi.
Közoynaklar işlab çiqaruvçi Ray-Ban EssilorLuxottica kompaniyasi savdosi yarim yilda 3 mlrd dollarga kamaydi.












