TikTok'ga egalik qiluvçi Xitoyning ByteDance kompaniyasi amerikaliklar bilan bitim tuzilişi arafasida servisni 60 mlrd dollarga baholamoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib Bloomberg xabar tarqatdi.
Kelişuvga köra, TikTok'ni boşqariş uçun yangi kompaniya – TikTok Global tuziladi. Videoservisning AQŞda ham faoliyat yuritişi uçun uning 20 foiz hissasi Amerika kompaniyalari – Oracle va Walmart'ga tegişli böladi. Mazkur kelişuvni AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'qullagan. Kelişuv kuçga kirişi uçun uni Xitoy hukumati ham tasdiqlaşi zarur.
Reuters'ning aniqlik kiritişiça, TikTok'ning amerikalik foydalanuvçilari ma'lumotlari «AQŞ milliy xavfsizligi talablariga muvofiq» mamlakatning özida, ya'ni Oracle'ning ma'lumotlar bazasida saqlanadi.
Walmart supermarketlar tarmoği bayonotiga köra, kompaniya TikTok'da 7,5 foiz uluşga egalik qilişi böyiça kelişib olingan. Oracle esa 12,5 foiz hissani qölga kiritişi kutilmoqda.
AQŞning har ikkala kompaniyasi öz press-relizlarida keltirişiça, 12 oy içida TikTok aksiyalari dastlabki ommaviy sotuvga (IPO) çiqariladi, savdo Amerika birjasida ötkaziladi.
Tramp ma'qullagan kelişuvga köra, yangi tuziladigan TikTok Global'ning ştab-kvartirasi AQŞda (ehtimol, Texasda) joylaşadi. Reuters manbasiga köra, TikTok Global'ning 80 foiz aksiyasi Byte Dance'ga qoladi, ammo ayni paytda ByteDance'ning 40 foiz aksiyasi ham amerikaliklar qölida.
Agentlikning boşqa bir manbasining ma'lum qilişiça, yirik kelişuv natijasida Oracle, Walmart va ByteDance'ning amerikalik hammuassislari bevosita yoki bilvosita TikTok Global'ning jami 53 foiziga egalik qilişi kutilmoqda.
Agar Oracle va Walmart servisning 60 mlrd dollarlik narxiga könsa, u holda ular 20 foizlik hissa uçun birgalikda 12 mlrd dollar tölaşlariga töğri keladi. Bloomberğning qayd etişiça, yakuniy summa böyiça hali bir töxtamga kelinmagan.
TikTok Global'ning AQŞda 25 ming nafar işçisi bölişi, kompaniya 5 mlrd dollarlik ta'lim jamğarmasi taşkil etiş majburiyatini olişi aytilmoqda.












