Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiy suğurtasi tizimini joriy etişga oid taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi taşkil etiladi.
Quyidagilar:
2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigaça bölgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy suğurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etiş konsepsiyasi;
2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigaça bölgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy suğurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etiş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi;
Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi töğrisidagi vaqtinçalik nizom;
Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi ijro etuvçi apparatining vaqtinçalik tuzilmasi;
Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi Kuzatuv kengaşining tarkibi tasdiqlanadi.
Mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga konsepsiya va uni amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasining lozim darajada bajarilişini ta'minlaş yuzasidan şaxsiy mas'uliyat yuklanadi.
Jamğarmaning ijro etuvçi direktoriga:
zarur hollarda, Jamğarma ijro etuvçi apparatining vaqtinçalik tuzilmasiga boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni va mehnatga haq tölaş jamğarmasi doirasida özgartirişlar kiritiş;
Jamğarmaning ijro etuvçi apparati xodimlariga Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasi hisobidan egallab turgan asosiy lavozimlari böyiça lavozim maoşlariga ustama va boşqa rağbatlantiriş tölovlarini belgilaş huquqi beriladi.
Jamğarmaning Kuzatuv kengaşi (B.A.Musayev):
2020 yil 1 dekabrga qadar davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmini aniqlaş metodologiyasi işlab çiqilişini;
2021 yil 1 martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uçun tölovlarni jon boşiga moliyalaştiriş, “davolangan holat” va bajarilgan işlar natijalari böyiça amalga oşiriş mexanizmi işlab çiqilişini;
2021 yil 1 iyunga qadar davlat tibbiy suğurtasining
yagona axborot tizimi hamda ma'lumotlar bazasi yaratilişi va tajriba-sinov tariqasida joriy etiş uçun töliq işga tuşirilişini;
2021 yil 15 iyunga qadar davlat tibbiy suğurtasi tizimi doirasida tibbiy xizmatlar strategik xaridlarini amalga oşiriş metodologiyasi va mexanizmi işlab çiqilişini;
2021 yil 30 iyunga qadar davlat tibbiy suğurtasi tizimida faoliyat körsatadigan davlat va xususiy tibbiyot taşkilotlari bilan tegişli şartnomalar tuzilişini ta'minlaydi.
Davlat tibbiy suğurtasi tizimini taşkil etiş doirasida kafolatlangan tibbiy yordam hajmini belgilaş, körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholaş hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan amalga oşirilişi belgilab qöyiladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamğarma faoliyatini taşkil etiş uçun zarur mablağlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar böyiça 2020 yilda – Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Soğliqni saqlaş vazirligi uçun nazarda tutilgan mablağlarning çeklangan miqdorlari doirasida ajratadi va 2021 yildan boşlab – davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmlaridan kelib çiqib, har yili tegişli yil uçun budjet parametrlarida nazarda tutadi.
Toşkent şahar hamda Sirdaryo viloyati hokimliklari
bir oy muddatda Jamğarmaga tegişinça Toşkent va Guliston şaharlarida tekin foydalaniş huquqi bilan bino ajratilişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Jamğarmani zarur aloqa vositalari, şu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta'minlaydi.












