Huquq-tartibot idoralari vakilining ta'kidlaşiça, bunday maktublar Texas ştatidagi hukumat muassasalariga ham jönatilgan. Ayni vaqtda tergovçilar poçta orqali boşqa şunday maktublar jönatilganini tekşirişmoqda.
Ma'lum qilinişiça, tergov maktublar Kanadadan jönatilgan deb hisoblamoqda va bunda bir ayol gumon qilinnmoqda.
Hozirça tergovçilar zaharli maktub va xalqaro terrorçilik taşkilotlari örtasida aloqa borligini aniqlaşmagan. Biroq ta'kidlanişiça, tergov endigina boşlanğiç bosqiçda va versiyalardan birortasini istisno qilib bölmaydi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, joriy haftada AQŞ huquq-tartibot idoralari Tramp nomiga jönatilgan zaharli moddali maktubni uşlab qolişgan.
Ritsin yuqori darajadagi zahar bölib, ötmişda undan terrorçilar bir neça marta foydalanişgan.
Bu Oq uy xodimlari xavfli jönatmalarni qölga kiritayotgan birinçi hodisa emas. 2018 yilda AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining sobiq xodimi Oq uy va Pentagonga ritsinli maktublar jönatişda ayblangan. Bunday zaharli modda solingan maktublar AQŞning sobiq prezidenti Barak Obamaga ham jönatilgan.












