Xitoyda Rossiyadan import qilingan muzlatilgan kalmar qadoğida koronavirus aniqlandi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Çançun şahrida koronavirusning nuklein kislotasiga ötkazilgan muntazam tekşiruv vaqtida natija musbat çiqqan.
Qadoqda virusning mavjudligi Çançundagi kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş markazida ötkazilgan tekşiruvda yana bir marta tasdiqlangan.
Agentlikning yozişiça, xuddi öşa dengiz mahsulotlarining 10 kilosi Fuyuy şahriga jönatilgan bölgan. Uşbu kalmarlarni sotib olganlardan koronavirusga test topşiriş söralgan.
Avgust oyida Reuters agentligi Ekvadordan Xitoyning Anxoy provinsiyasiga keltirilgan krevetkalar qadoğida virus zarralari aniqlangani haqida xabar bergandi. Xuddi şunday holat Şandun provinsiyasida ham qayd etilgan.













