«20 sentabr kuni keçqurun töqnaşuvlar markaziy Uruzgon viloyatida bölib ötdi. U yerda «Tolibon» jangarilari xavfsizlik punktlariga hujum qilişlari natijasida Afğoniston xavfsizlik kuçlarining 24 a'zosi öldirildi», deb xabar berdi viloyat gubernatori örinbosari Sayid Muhammad Sadod.

Reuters agentligi xabar qilişiça, Boğlon, Taxar, Hilmand, Kapisa, Balx, Maydon Vardak va Qunduz viloyatlarida ham qurbonlarga sabab bölgan töqnaşuvlar bölib ötgani haqida xabar berilgan.

Balx viloyati hokimi matbuot kotibi Monir Ahmad Farhodning sözlariga köra, «Tolibon» Balxda Afğoniston razvedka xizmatining uç a'zosini garovga olgan.

«Tolibon» öz tomonidagi yöqotişlarni tasdiqlamadi, ammo Pomir harbiy korpusi vakilining sözlariga köra, Qunduz, Taxar va Bağlon viloyatlaridagi töqnaşuvlarda 54 jangari öldirilgan.

Maydan Vardak viloyati hukumati vakili Muhibulloh Şarifzoyning aytişiça, u yerdagi töqnaşuvlarda «Tolibon»ning 26 nafar a'zosi öldirilgan.

Içki işlar vazirligi vakili Tariq Arianning aytişiça, sönggi ikki hafta içida «Tolibon» hujumlari natijasida 98 nafar fuqaro halok bölgan va 230 kişi jarohat olgan.

Şanba kuni «Tolibon»ning Qunduzdagi bazasiga aviahujumlar paytida kamida tinç aholi vakillaridan kamida 12 nafari halok bölgan.

Mudofaa vazirligi rasmiylarining aytişiça, «Tolibon»ning 40 nafar jangçisi öldirilgan, ammo ular tinç fuqarolar orasidagi qurbonlar sonini tasdiqlamagan.

Toliblar va Afğoniston hukumati vakillari Qatar poytaxti Dohada 12 sentabr muzokaralar boşlagandi, ammo hozirgaça katta yutuqlarga erişilmadi, xususan, öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv tuzilmadi.