Koronavirusga qarşi 200ga yaqin vaksina klinik va klinikoldi sinovlardan ötkazilmoqda, deb ma'lum qildi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.
"Hozirgi vaqtda COVID-19ga qarşi qariyb 200ta vaksina klinik va klinikoldi sinovlardan ötkazilmoqda. Vaksinalar rivojlanişi tarixi ularning ayrimlari muvaffaqiyatsiz, boşqalari esa muvaffaqiyatli bölişini körsatmoqda", - dedi u.
Şu bois Gebreyyesus davlatlar JSST va GAVI’ning barça nomzod vaksinalar töğrisidagi ma'lumotlarni töplaydigan COVAX Facility dasturiga qöşilişi muhim ekanligini ta'kidladi.
GAVI’ning ma'lumot berişiça, bugungaça COVAX Facility dasturiga 156 mamlakat qöşilgan. Uşbu röyxatdan Yevroittifoqning 27 mamlakati, Norvegiya, Islandiya va Buyuk Britaniya örin olgan. Rossiya, AQŞ va Xitoy COVAX Facility dasturiga qöşilmagan.
Qayd etilişiça, COVAX Facility 2021 yil oxirigaça barçani yetarli darajada dori-darmon bilan ta'minlaş uçun vaksina işlab çiquvçilar va işlab çiqaruvçilar bilan kelişuv imzolaşni boşlaydi.













