Inspeksiya vakiliga köra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi taşabbusi bilan 2020 yilning sentabr oyi boşlangunga qadar «Majburiy mehnatdan ogoh böling» uslubiy qöllanmasi respublikadagi barça mahalla xodimlariga tarqatilgan.

«Bundan közlangan maqsad – MFY xodimlarining mehnat huquqi töğrisidagi xabardorligini oşirişdan iborat», – dedi Gulruh Niyozmetova 21 sentyabrdagi matbuot anjumanida.

Şu bilan birga, inspeksiya vakilining ma'lum qilişiça, budjet taşkilotlari xodimlari işdan böş vaqtlarida paxta terimiga ixtiyoriy çiqişlari mumkin.