Bu prezidentning 2026-yil 23-sentabrdagi «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi PF–206-son farmonida belgilandi.

Har bir mahallada «3–30–300» standarti

Farmonda har bir mahallada har bir odam uçun uçta daraxt, 30 foiz daraxt soyasi va 300 metr atrofda yashil hudud bölişini nazarda tutuvçi «3–30–300» xalqaro standartini joriy etiş maqsadi belgilangan.

2030-yilga qadar yashil boğlar va yashil jamoat parklari soni 1 023 taga yetkaziladi. Jumladan, 2026-yil kuz mavsumida 257 ta şunday boğ va park yaratiş közda tutilgan.

Şuningdek, 2030-yilgaça har bir tuman va şaharda umumiy uzunligi kamida 10 kilometr bölgan kamida beşta soyali sayr köçasi taşkil etiladi.

Kuzgi köçat ekiş qaçon boşlanadi?

1-oktabrdan yashil hududlar uçun joylarni aniqlaş, yerlarni tayyorlaş, köçat va butalar zaxirasini yaratiş işlari boşlanadi. Köçat ekiş mavsumi esa hududlar böyiça quyidagi sanalarda start oladi:

- 1-noyabrdan - Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;

- 5-noyabrdan - Buxoro va Navoiy viloyatlarida;

- 10-noyabrdan - Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toşkent va Farğona viloyatlari hamda Toşkent şahrida;

- 20-noyabrdan - Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida.

Ekologiya qömitasiga uşbu muddatlarga özgartiriş kiritiş huquqi berilgan.

Ikki oylik davomida ariqlar, zovurlar, kanallar va umumiy foydalanişdagi hududlar çiqindilardan tozalanadi, mavsumiy yoğingarçiliklarga tayyorlanadi. Mahallalar, köp kvartirali uylar atrofi, ijtimoiy obyektlar va boşqa jamoat joylarida obodonlaştiriş işlari olib boriladi.

Mahallalarga mablağ va xizmatlar paketi

2027-yil 1-yanvardan «Yashil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yaşillaştiriş» paketi joriy etiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun Ekologiya qömitasi, Içki işlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tomonidan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalarning 90 foizi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmalariga ötkaziladi. Qolgan 10 foiz jarimani qöllagan davlat taşkilotida qoldiriladi.