"Suğurta sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Suğurta bozori professional iştirokçilarining xodimlarini sohaga ixtisoslaşgan oliy ta'lim muassasalarining “Suğurta işi” ta'lim yönalişiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi bilan kelişilgan holda:
2020/2021 öquv yili uçun suğurta bozorining professional iştirokçilari xodimlarini “Suğurta işi” ta'lim yönalişi böyiça sirtqi va keçki ta'lim şakliga test sinovlari ötkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan taşqari tölov-kontrakt asosida qabul qiliş jarayonini koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilning oktabr-noyabr oylarida sohaga ixtisoslaşgan Toşkent moliya institutida ötkazilişini;
2021/2022 öquv yilidan boşlab esa qabul jarayonini soha böyiça yuqori malakali professor-öqituvçilar bilan ta'minlangan boşqa oliy ta'lim muassasalarida ham taşkil etiş böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga kiritilişini ta'minlaydi.
Suğurta bozori professional iştirokçilarining xodimlarini sohaga ixtisoslaşgan oliy ta'lim muassasalarining “Suğurta işi” ta'lim yönalişiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga köra, kamida ikki yil amaliy iş stajiga hamda umumiy örta yoki örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bölgan xodimlarga sirtqi va keçki ta'lim şakliga suhbat natijalariga köra tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilişi uçun Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi bilan kelişilgan holda iş beruvçi tomonidan tasdiqlangan tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanoma berilgan öquv yili uçun amal qiladi.
Nizom Iş beruvçining ştatida faoliyat körsatayotgan oliy ma'lumotga ega bölgan xodimlarga hamda xizmat körsatiş xodimlari va suğurta agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oliy ta'lim muassasasida talabalarni öqitiş mavjud sirtqi va keçki şakllarda amalga oşiriladi.
Iş beruvçilar har yili 20 iyunga qadar istiqbolli nomzodlar böyiça takliflarini Agentlikka kelişiş uçun taqdim etadi.
Nomzodlarning hujjatlari har yili 1 iyulga qadar nizomning 2-bandida qayd etilgan talablar asosida Agentlik tomonidan körib çiqiladi va kelişilgan röyxat oliy ta'lim muassasasiga hamda iş beruvçilarga yuboriladi.
Agentlik tomonidan kelişilgan röyxat asosida iş beruvçilar har yili 15 iyulga qadar har bir nomzod uçun ilovaga muvofiq tavsiyanoma (firma blankida) beradi.
Tavsiyanoma iş beruvçining birinçi rahbari tomonidan imzolanadi va tasdiqlanadi.











