— Suhbat boşida, bizga marhum farzandingiz haqida biroz gapirib bersangiz.

— Abdurahmon uçinçi farzandim edi. Bu yilga ta'tilda yonimda yurib, barça işlarimda yordamçim böldi. Hali 11 yoşga tölmagan edi. Maktabda a'loçi, farzandlarim orasida işongan farzandim edi. Namoz, röza ibodatlarini bajarar, taroveh namozlariga ham birga çiqar edi. Velosiped olişni juda istagani uçun bobosi olib berdi. Şu velosiped sotib olindi, lekin ehtiyot bölişini köp tayinladik.

— Yöl transport hodisasi qaçon yuz berdi va siz bundan qanday xabar topdingiz?

— 1 sentabr kunduzi edi. Men dökonimizdan boşqa joyda novvoyxona oçiş uçun ğişt olib kelib, şularni tuşiriş bilan ovora edim. Abdurahmon: «Dada, dökon kalitini bering, özim oçib, qarab turaman», dedi. Yonimdan ketganidan biroz ötib, qizim qönğiroq qilib Abdurahmonni maşina urib ketganini aytdi.

— Yöl transport hodisasi qanday sodir bölgan?

— Voqea joyiga yugurib bordim va hodisaga guvoh bölganlardan fojia qanday sodir bölganini söradim. Hamma har xil gap aytganidan söng, yaqin atrofga qöyilgan kuzatuv kamerasidan hodisani körişga qaror qildim. Lekin u yerda ham voqea töliq aks etmagan.

Abdurahmon velosipedni sekin haydab ketayotgan bölgan, uni urib yuborgan «Zil» haydovçisi ham öğlimni maşina yonidan ötib ketgan deb öylagan va u ham halokat qanday sodir bölganini aniq bilmaydi.

Öşa payt haydovçi Abdurahmonni kasalxonaga olib ketgandi. Kasalxonaga borganimda Abdurahmonga birinçi yordamni körsatişayotgan ekan. U közlarini oçib kalima qaytardi, söng şifokorlarga: «Meni uxlatib qöyinglar», dedi. Operatsiyaga olib kirişgandan söng, bir neça soat ötib, şifokorlar: «Agar oyoğini kesib taşlamasak, halok böladi», deb aytişdi.

Tört kun reanimatsiyada yotdi. Dastlab holati yaxşi edi, keyinçalik yomonlaşib bordi. Şifokorlar içki a'zolari işdan çiqqani, qoniga ham infeksiya tuşganini aytdi.

— Abdurahmon vafot etganda nimalarni his qildingiz?

— Men iç-içimdan bilardim buni, çunki bunça jarohatni yoş bola kötara olmas edi. Lekin baribir umidim bor edi. Nima ham qila olardim. Közimda yoş bilan bağrimga bosdim, tepasida böldim. Alloh jannatda körişişlikni nasib qilsin.

Murdani öraşga mato söraşdi, olib keldim. Örab yölakka qöyişdi, men yonida ötirdim. Olib çiqaman desam: «Olib çiqolmaysiz, tergovçi kelişi kerak», deyişdi.

— Tergovçi ötgan tört kun mobaynida kelganmidi?

— Yöq, heç kim kelmadi. Faqat öşa haydovçi va uning otasi tun-u kun kasalxonada bölişdi. Içki işlardan qönğiroq qilib, manzilimni söraşdi, xolos. Keyin tergovçi keldi, yoş yigit ekan. «Sizlar ketaveringlar, murdani sudmedekspertizasidan söng olasizlar», dedi.

— Sizga sudmedekspertizasi nima sababdan kerak bölgan edi?

— Dinimizda mayitni tezroq dafn qilişga buyurilgan. Biz şom namozi vaqti qadar çiqarmoqçi edik va şu sababli sudmedekspertizasi tezroq kerak edi.

— Şifoxonaning morfologiya bölimida (morgda) murdaga munosabatdan norozi bölgansiz, şundaymi?

— Murdani sovuq suvda yuvişgan. Bundan taşqari, meni ovuntirgan narsa – boşi jarohatlanmagan, bus-butun edi. Morgda boş va orqa miyani kesib, arralab, operatsiya davomida tikilgan joylarni boşqatdan oçib, juda qörqinçli holatga keltirişgandi. Bundan heç kimga heç qanday foyda yöq edi.

— Abdurahmonning vafotidan söng ön kundan ortiq vaqt ötdi. Şu vaqt davomida tergovçi keldimi yoki «Matiz» haydovçisi topildimi?

— Yöq. Faqat yuqorida aytganimdek telefon orqali manzilimni söraşdi.

— «Matiz» haydovçisi kimligi sizni qiziqtirdimi?

— Töğrisini aytsam, yöq. Çunki Allohning taqdiri, ular sababçi bölişdi, xolos. Lekin «Matiz» haydovçisi urib yuborib, ketib qolgan bölsa, notöğri iş qilgan. Meni asosan xafa qilgan narsa bu – «morg»dagi hodisalar. «Morg»lar tartibga solinsa yaxşi bölardi.

— «Zil» haydovçisi bilan keyinçalik ham gaplaşdingizmi?

— Ha, deyarli har kuni qönğiroq qilib, nima xizmat, nima yordam, deb söraydi.

— Qandaydir suriştiruv yoki tergovga tortilibdimi?

— Tergovga çaqirişib, mutasaddilarning öziga otilgan toşlarni: «Mana, sening qilgan işing, internetda tarqalib ketdi», deb videoni körsatişibdi.

***

Ma'lumot uçun, holat yuzasidan Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi rasmiy munosabat bildirgan. Unda aytilişiça, şu vaqtning özida Zangiota IIB tezkor guruhi hodisa joyiga yetib borgan va holatni örganib tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan.

«Zangiota tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan örnatilgan tartibda marhumning ölim sababi va undagi tan jarohatlarining oğirlik darajasi aniqlaş borasida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan 2020 yil 5 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Natijasi böyiça qöşimça axborot beriladi», – deyiladi xabarda.

Lekin tuman hokimligi fojia yuz bergan tirband joy, harakatlaniş uçun noqulay va gavjum bölgan köçani tartibga keltiradimi?

Hodisada vafot etgan bolaning ölimi uşbu masalaga jiddiy qaraşga sabab böladimi?

Otaning ayrim masalalardagi noroziligi-çi? Savolga qanday javob bölişini amaliy harakatlar bilan kuzatib boramiz.

Alişer Rözioxunov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi — Nuriddin Nursaidov.