Vazirlar Mahkamasi 17.09.2020 yildagi “Böstonliq tumanidagi böş turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obektlar va yer uçastkalaridan samarali foydalaniş, ular negizida turizm va xizmat körsatiş infratuzilmasini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 560-son qarorni imzoladi.
 
Hujjat Prezidentning 28.08.2020 yildagi “Böstonliq tumanida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş orqali turizmni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” PF-6053-son Farmonini amalga oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
 
Norma’ning yozişiça, qaror bilan:

  • zamonaviy turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etiş şarti bilan «E-Ijro auksion» elektron savdo maydonçasi orqali sotiladigan davlat mulki obektlari röyxati (1);
  • zamonaviy turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etiş va investitsiya kiritiş şarti bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi (keyingi örinlarda – Agentlik), moliyaviy taşkilotlar va investorlar örtasida tuziladigan uç tomonlama hamkorlik şartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obektlari röyxati (2);
  • vazirliklar va idoralar hamda davlat uluşi mavjud bölgan xöjalik jamiyatlariga qaraşli böş turgan va xususiy sektorga «E-Ijro auksion» elektron savdo maydonçasi orqali sotiladigan davlat mulki obektlari röyxati (3);
  • Böstonliq tumani hududida muhandislik-kommunikatsiya va ekologiyani muhofaza qiliş infratuzilmasini rivojlantirişga doir çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Belgilanişiça, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun sotib olingan obektlar va yer uçastkalariga bölgan egalik huquqlari investorlarga, istisno tariqasida, Toşkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylaştirib beriladi.
 
1-3-röyxatlarga kiritilgan obektlarni balansda saqlovçi taşkilotlar rahbarlari bino va inşootlar sotilgunga qadar ularning özgaga berilmasligi va butligini ta'minlaş uçun şaxsan mas'ul hisoblanadi.  Mazkur obektlarni sotişdan tuşadigan mablağlar (baholaş va xususiylaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş xarajatlaridan taşqari) Toğli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltiriladi.
 
Agentlikka bir oy muddatda:

  • “Çorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Böstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda 1-3-röyxatlar böyiça obektlarni savdoga çiqariş;
  • Kasaba uyuşmalari federatsiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda bolalar soğlomlaştiriş oromgohlarini samarali boşqariş böyiça takliflar kiritiş topşirildi.

10 kun muddatda Böstonliq tumanida dam oliş uçun yengil konstruksiyali köçma qurilmalar joylaştiriladigan yer uçastkalari “Çorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasiga olinadi, 20 kun muddatda esa ular «E-Ijro auksion» elektron savdo maydonçasining savdolariga qöyiladi.
 
Hujjat 18.09.2020 yildan kuçga kirdi.