“Aholining toğli hududlarda mazmunli hordiq çiqarişi va turistlar uçun yanada qulay şaroit yaratiş maqsadida Böstonliq tumanidagi turizm maskanlariga qöşimça transport qatnovlari yölga qöyilmoqda”, deb xabar berdi Turizm qömitasi.

Xabarga köra, Böstonliqdagi turistik maskanlarga olib boruvçi 324M va 325M-sonli “Çinorkent temir yöl bekati – Beldersoy” mikroavtobus yönalişlari Amirsoy va Çimyon orqali harakatlanadi.

Odatiy kunlarda uşbu yönalişlarda 20 ta mikroavtobus soat 6:00 dan 18:30 gaça har 15 daqiqada qatnaydi. Jami 86 ta qatnov amalga oşiriladi.

Bayram va qöşimça dam oliş kunlarida qatnovlar soat 5:30 dan boşlanadi va har 10 daqiqada amalga oşiriladi. 324M yönalişda qatnovlar 22:06 gaça, 325M yönalişda esa 22:00 gaça davom etadi. Harakat tarkibi mos ravişda 15 va 16 tagaça oşiriladi. Natijada qatnovlar soni 158 taga yetkaziladi.

Toşkent–Böstonliq yönalişida 1226-sonli “Maşinasozlar metro bekati – Xumson qörğoni (Çorvoq)” avtobus yönalişida 3 ta avtobus muntazam qatnaydi. Dam oliş va bayram kunlari talabga qarab yana 1 dona avtobus zaxiraga çiqariladi.