Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölingani aks etgan videolar tarqaldi.

Kadrlarda bino içida bir kişi muşukni tepib, unga jarohat yetkazgani aks etgan. Jonivor özini olib qoçişga uringan, biroq lavhalarning birida u harakatsiz bölib qolganini köriş mumkin. Şundan söng zöravon uni kötarib, xonadan çiqib ketgan.

Keyinroq kadrda qölida qurol bölgan boşqa bir erkak paydo böladi. U ham muşuklarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölib, miltiqdan ular tomon bir neça bor öq uzadi. Boşqa bir yozuvda esa arqonga osib qöyilgan jonsiz muşukni köriş mumkin.

Toşkent viloyati IIBB mazkur holat 2025 yilning dekabr oyida Böstonliq tumani Yangiqörğon mahallasidagi mehmonxonalardan birida sodir bölganini ma’lum qildi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti matbuot xizmati Gazeta’ga aniqlik kiritişiça, 2025 yil 27 dekabr kuni röy bergan voqeaga aloqador şaxslar aniqlangan, ularning harakatlari yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga oşirilgan.

Uşbu şaxslar Böstonliq tumanidagi dam oliş maskanida işlovçi fuqarolar – 1993 yilda tuğilgan Ş. M. va 1996 yilda tuğilgan A. A. ekani ma’lum bölgan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) va 220–1-moddasi (Qurolning qonunga xilof ravişda muomalada bölişi) bilan ma’muriy iş qözğatilgan.

2026 yil 26 mart kuni bölib ötgan sud qarori bilan, 33 yoşli (M.Ş.)ga nisbatan MJtKning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi, 30 yoşli (A.A.)ga nisbatan MJtKning 220(1)-moddasi (Qurolning qonunga xilof muomalasi) bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toşkent viloyati IIBB  matbuot xizmati hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat uçun qonunçilikda javobgarlik muqarrarligi, ma’muriy jazo qöllangandan söng bu kabi harakatlar takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab bölişini eslatgan.