Farğona viloyati IIB tomonidan yöl harakati xavfsizligi sohasiga zamonaviy texnikalar joriy etiş davom etmoqda. Maqsad yöl-transport hodisalarini oldini oliş, qoidabuzarliklarni aniqlaşda inson omilini kamaytirişdir.
Viloyat IIB axborot xizmati xabariga köra, ana şunday qurilmalardan yana biri Quva tumanida işga tuşirildi.
Uşbu qurilmalar yöl harakati qoidalarining 91-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar ya'ni “Töxtaş va töxtab turiş” qoidalariga amal qilmagan transport vositalarini onlayn tarzda aniqlaydi. Tumanda örnatilgan fotovideo qayd etiş qurilmasi orqali bir kunda 115ta ana şunday qoidabuzarliklar qayd etildi.
Yaqin kunlarda uşbu zamonaviy texnikalar viloyatning Rişton, Toşloq, Söx, Özbekiston va Buvayda tumanlarida ham işga tuşiriladi.
“Hurmatli haydovçilar! Oilaviy budjetingizga zarar keltirişni istamasangiz, yöl harakati qoidalariga amal qiling”, - deyiladi ma'lumotda.












