Ispaniya çempionatining 3-turida «Barselona» öz maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, javobsiz 4ta töp kiritdi. Barça gollar birinçi bölimda urildi. Öyin boşida Fati dublga erişdi, söng u işlagan penaltidan söng Messi hisobni yiriklaştirdi. Bölim söngida esa Pau Torres avtogol sohibiga aylandi. 

Ğalabadan söng «Barsa» 3 oçko bilan 10-öringa joylaşdi. «Vilyarreal» esa 4 oçko bilan 8-poğonaga tuşdi.

Ma'lumot uçun, «Barselona»ning dastlabki ikki turdagi öyini qoldirilgan.

La Liga, 3-tur

Barselona – Vilyarreal 4:0
27 sentabr, «Kamp Nou»
Gollar: Fati (15, 19), Messi (35, penalti), Pau Torres (45, avtogol).

Barselona – Neto, Alba, Langle, Serji Roberto, Pike, Koutino (Pedri, 70), Buskets (Pyaniç, 78), de Yong, Fati (Dembele, 70), Grizmann (Trinkau, 78), Messi. 

Vilyarreal – Asenxo, Estupinyan, Albiol (Mori, 84), Mario Gaspar, Pau Torres, Parexo, Çukvueze (Kubo, 74), Koklen (Trigeros, 46), Moyses Gomes, Jyerar Moreno (Bakka, 84), Pako Alkaser (Iborra, 46).

Ogohlantiriş: Moreno (83).