Naşr ma'lumotiga köra, Merkel «öta maxfiy» ravişda Navalniyni körgani u 32 kun mobaynida davolangan «Şarite» klinikasiga kelgan.

Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga uçayotgan samolyot bortida huşidan ketgandi. Uçuvçilar samolyotni zudlik bilan Omskka qöndirişgan va siyosatçi mahalliy şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgandi. 22 avgust kuni uni Germaniyaga davolaniş uçun olib ketişdi.

2 sentabr kuni GFR hukumati Bundesver laboratoriyasi Navalniyning organizmida «Noviçok» guruhiga mansub modda izlarini topgani haqida e'lon qildi.

7 sentabr kuni «Şarite» klinikasidagilar Navalniy sun'iy koma holatidan çiqarilgani va u özini yaxşi his qilayotgani töğrisida xabar berdi.

9 sentabr kuni nemis naşrlari Berlin Navalniyning tahlil namunalarini Rossiyaga berişga hojat yöqligi va namunalar Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkilotiga yuborilgani töğrisida ma'lum qildi.

Yevroparlament Navalniyning zaharlanişi bilan boğliq holat böyiça mustaqil tekşiruv ötkazişni talab qilmoqda. 17 sentabr kuni parlamentariylar rezolyutsiya qabul qilişgan, unda Rossiya hukumati Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti bilan hamkorlik qiliş va «Noviçok» dasturi haqida töliq ma'lumot berişga çaqirilgan.