Qayd etilişiça:

  • butun parvoz davomida yölovçilar oğiz va burunni töliq yopib turuvçi niqobda bölişlari lozim (2 yoşgaça bölgan bolalardan taşqari);

qöl yuki sifatida samolyot sahniga ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar uçun kerak böladigan aşyolar solingan sumkani olib çiqiş mumkin. Boşqa barça narsalar qatnovga röyxatdan ötilayotgan vaqtda bagajga topşirilişi şart;

  • havo kemasiga çiqariş ijtimoiy masofa saqlagan holda amalga oşiriladi;
  • agar yölovçi parvoz davomida özini yomon his qilsa (isitma, yötal, tumov va boşqalar) zudlik bilan bortkuzatuvçilarni çaqiriş tugmasini bosişi kerak.  
  • parvoz davomida havo kemasi sahnida harakatlanişdan tiyiliş tavsiya etiladi. Hojatxonaga taşrif buyuriş uçun uning böşligiga işonç hosil qiliş maqsadida yoruğlik tablosiga e'tibor qaratiş lozim.

Havo kemasidan tuşiş ham, xuddi unga çiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oşiriladi.

Suv, quloqçinlar, ozik,-ovqat vositalari , şuningdek biznes klass uçun yöl va bolalar töplamlari alohida öramlarda beriladi. Koşer taomlardan taşqari boşqa maxsus taomlarga oldindan buyurtma beriş mumkin. Bort jurnallari va matbuot naşrlari vaqtinça bölmaydi.

“Agar ilgari körsatilayotgan xizmatlardan birortasini amalga oşirişning imkoni bölmay qolsa, buning uçun uzr söraymiz. Epidemiologik vaziyat yaxşilanişi bilan, töliq servis xizmatlarini körsatişga qaytamiz”, deyiladi aviakompaniya eslatmasida.