Toşkent şahri Yunusobod tumanida röy bergan yöl-transport hodisasi haqida internetda xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat böyiça ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, 28 sentabr kuni taxminan soat 22:30da Boğişamol köçasida (Metro kafesining röparasida) Toşkent viloyatida yaşovçi, 29 yoşli Dmitriy B. Spark rusumli avtomobilni boşqariş davomida, hozirgi taxminlarga köra, qarama-qarşi harakat yöliga çiqib, 22 yoşli T.A. boşqaruvidagi Hyundai Tucson avtomobili bilan töqnaşgan.   


 
Töqnaşuv natijasida Spark avtomobili haydovçisi, uning yölovçilari bölmiş 30 yoşli Sergey B., 30 yoşli erkak (şaxsi aniqlanmoqda) va 35 yoşli Marat B, Hyundai Tucson haydovçisi va uning yölovçisi, 26 yoşli Yunus T. badan şikastlari bilan şifoxonaga yetkazildi. Şifoxonaga boriş davomida Sergey B. hayotdan köz yumgan.

Yöl-transport hodisasi böyiça tergovoldi tekşiruv davom etmoqda.