Kuba rahbariyati Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Sabohning vafoti munosabati bilan motam e'lon qilişga qaror qildi. Bu haqda Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelning farmonida aytilgan.
“Xalqimiz Kuvayt amiri, Oliy hazratlari Şayx Saboh al-Ahmad al-Jobir al-Sabohning vafoti haqidagi xabarni çuqur afsus bilan qabul qildi. U davlatimizga hurmat bilan munosabatda bölgan va Kuba bilan aloqalarni rivojlantiriş hamda munosabatlarni mustahkamlaşga öz hissasini qöşgan. Kuvayt yetakçisi vafoti munosabati bilan 1 oktabr soat 6dan 12gaça rasmiy motam e'lon qilinsin”, deb aytilgan farmonda.
91 yoşli amirning vafot etgani haqida 29 sentyabrda ma'lum böldi. Amir AQŞda olamdan ötgan – u bu yerga iyul oyida tibbiy körik uçun kelgan. Keyinroq u muvaffaqiyatli operatsiya qilingan va reabilitatsiya jarayonidan ötgan. Kuvaytda amir vafoti munosabati bilan 40 kunlik motam e'lon qilindi.
Şayx Saboh amirlikni 2006 yildan beri boşqarib kelgan va dunyodagi eng keksa davlat arboblaridan biri hisoblangan.











