Tölovlar kaftning maxsus skanerga tutilişi bilan amalga oşiriladi. Biroq bundan avval foydalanuvçilar biometrik ma'lumotlarni öz kredit kartalari bilan boğlaşlari lozim. Şundan keyin kaft bilan xaridlar uçun tölovni amalga oşiriş mumkin böladi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu texnologiya dastlab kompaniyaning Sietldagi boş qarorgohi yaqinida joylaşgan Amazon Go kassasiz dökonlarida qöşimça funksiya sifatida paydo böladi. Söngra texnologiya sekin-asta boşqa dökonlarga tatbiq etiladi.

Bundan taşqari, kompaniya uşbu texnologiyasini boşqa kompaniyalar – dökonlar, stadionlar va ofis markazlariga sotmoqçi.

Kompaniyaning oflayn savdo böyiça vitse-prezidenti Dilip Kumar bunda şaxsiy ma'lumotlar qay darajada daxlsiz qolişi haqidagi savolga javoban, tizim xaridor nima sotib olgani va neça pul sarflaganini emas, balki faqat xarid amalga oşirilgan joyni qayd qilişini ma'lum qilgan.

“Daxlsizlikka kelsak, kaft suratlari Amazon One qurilmalarida saqlanmaydi. Ular şifrlangan körinişda bulutli saqlagiçga jönatiladi. Foydalanuvçilar biometrik ma'lumotlari qöllanib bölingandan keyin ularning öçirib taşlanişini talab qilişlari mumkin”, deb ta'kidlab ötgan Kumar.