Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişni yanada kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Unga muvofiq, Içki işlar vazirligi uşbu sohadagi vakolatli davlat organi sifatida belgilanib, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatini muvofiqlaştiriş, profilaktika işlarini taşkil etiş, huquqbuzarliklarni foş etiş hamda vakolatli idoralar örtasidagi hamkorlikni ta’minlaş böyiça aniq vakolatlarga ega böladi.

Şuningdek, banklar, tölov taşkilotlari, tölov tizimi operatorlari va internet-provayderlarining mas’uliyati ham kuçaytirilmoqda.

Ular şubhali operatsiyalarni öz vaqtida aniqlaş, kiberxavflar haqida vakolatli organlarga zudlik bilan axborot taqdim etiş, raqamli dalillarni saqlaş va axborot xavfsizligini ta’minlaş böyiça qöşimça majburiyatlarni bajaradi.

Qonun loyihasida moliyaviy piramida körinişidagi firibgarliklarni barvaqt aniqlaş, ularning tarqalişining oldini oliş, aholini kibertahdidlar haqida tezkor ogohlantiriş, jamiyatda kibermadaniyat va kibergigiyena könikmalarini şakllantirişga xizmat qiluvçi huquqiy mexanizmlar mustahkamlanmoqda.