Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko öpkaning ikki tomonlama şamollaşi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning turmuş örtoği Marina Poroshenko ma'lum qildi.

"Yevropeyskaya solidarnost" partiyasining Facebook sahifasida joylaştirilgan videomurojaatida u nafaqat sobiq prezident, balki qizi ham COVID-19ga çalinganini aytgan.

"Pyotr Alekseyeviç Kiyevdagi koronavirus bemorlari davolanayotgan şifoxonalardan biriga yotqizildi. Erimda öpkaning ikki tomonlama şamollaşi bölişiga qaramasdan, u kuçli irodaga ega va buni kasallikka qarşi kuraşda körsatmoqda", — dedi Marina Poroshenko.

Poroshenko 29 sentyabrda koronavirusga topşirgan testi musbat çiqqani va uyida davolanayotganini ma'lum qilgandi.