AQŞ prezidenti Donald Tramp şifoxonaga yotqizilişidan oldin unga Oq uyda kislorod berilgan. Bu haqda öz manbalariga tayanib ABC News xabar bermoqda.
"Trampga yaqin manbalar prezidentda nafas oliş bilan boğliq muammolar bölgani va u Oq uyda qöşimça kislorod olgani haqida ma'lum qildi", - deb xabar beradi telekanal.
Trampning şifokorlari matbuot anjumani vaqtida unga kislorod berilgani töğrisidagi savolga javob berişmadi va "ayni paytda" Trampga kislorod berilmayotganini aytişdi.
Donald Trampning ahvolidan xabardor bölgan manbaning sözlariga köra, oxirgi sutkada uning holati "katta taşviş uyğotgan".













