AQŞ prezidenti Donald Tramp koronavirusga topşirgan birinçi testi musbat çiqqanini yaşirgan. The Wall Street Journal naşrining xabar berişiça, Oq uy rahbari koronavirusga çalinganini bila turib, odamlar bilan muloqot qilişni davom ettirgan va intervyu bergan.

Tramp Fox News telekanalida öz yordamçisi Xoup Xiks koronavirusga çalinganini ma'lum qilişdan oldin topşirgan testi musbat çiqqanini bilgan. Bu haqda manbalarga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.  

U jurnalist Şon Xennitiga bergan intervyusida koronavirusga test topşirgani, biroq uning natijalarini bilmasligini aytgan. WSJ ma'lumotlariga köra, AQŞ prezidenti bungaça koronavirusga topşirgan birinçi tezkor testi natijasidan xabardor bölgan, biroq aniqroq bölgan ikkinçi test natijalari çiqişini kutgan. 

Örnatilgan qoidalarga köra, Oq uy xodimlari uçun birinçi tezkor test natijasi musbat çiqsa, ikkinçi aniqroq test qilinadi.

Bundan taşqari, manbalardan birining ta'kidlaşiça, Tramp tezkor test natijasidan voqif bölgan öz yordamçilaridan biridan buni ovoza qilmaslikni söragan. “Heç kimga aytma”, deb aytgan Oq uy rahbari.

Tramp özi va rafiqasi koronavirusga çalinganini 2 oktyabrda ma'lum qilgan. Vaholanki, u birinçi testi natijasi musbat çiqqanini 1 oktyabrdayoq bilgan.