“Oq uy suvenirlar dökoni” (The White House Gift Shop) veb-saytida “Tramp COVID’ni yengdi” deb atalgan tangalar 100 dollardan sotuvga çiqarildi. Uşbu tanga AQŞ ma'muriyatiga aloqasi bölmagan dökonning egasi Entoni Jannini tomonidan işlab çiqilgan tangalar seriyasining bir qismi hisoblanadi.
Jannini tangani “Trampning hokimiyat tepasiga kelişi va COVID virusi ustidan ğalaba qozonilişi”ni tasvirlovçi seriyadagi oxirgi tanga deb ta'riflagan.
“Biz prezident Tramp koronavirusga musbat test topşirgani haqidagi qayğuli yangiliklarni eşitganimizdan keyin yana e'tiqod qila boşladik va uning haqiga duo qildik. Biroq biz prezidentimiz bu jangning boşidayoq virusni nokautga uçrata olişini bilgandik”, deb aytgan dökon egasi.
Esdalik tangasi Tramp şifoxonani tark etişidan oldinoq sotuvga çiqqan.
Tramp 5 oktyabrda koonavirusdan davolanayotgan tibbiy markazni tark etdi. U bu yerda 2 oktyabrdan beri qolayotgandi.












