Uşbu missiya turli sabablarga köra bir neça marta qoldirildi. Jumladan, urinişlardan biri raketa startiga 18 soniya qolganda bekor qilingan.

Avvalgi 60 ta sun'iy yöldoş orbitaga 3 sentyabrda uçirilgan. Endilikda loyihaning orbitada joylaştirilgan sun'iy yöldoşlari soni 773 taga yetdi.

Sun'iy yöldoşlar orbitaga AQŞning Şarqiy sohilböyi vaqti bilan soat 07:29da Floridadagi kosmodromdan Falcon 9 raketasida uçirilgan.

Raketa uçirilgandan bir soatdan sal köproq vaqt ötgaç barça sun'iy yöldoşlar bir vaqtda orbitaga çiqarilgan. 

Ayni vaqtda SpaceX dunyodagi eng yirik sun'iy yöldoş operatori hisoblanadi. SpaceX’da Yer sirtini Starlink tizimi signali bilan minimal qoplaş uçun 420 ta, örtaça darajada qoplaş uçun 780 ta sun'iy yöldoş talab etilişi aytilgan. Kompaniya joriy yil oxirigaça tizimni Kanada va AQŞning şimoliy hududlari uçun işga tuşirişni möljallamoqda.

Sentabr boşida SpaceX tizimning sinovi natijalari bilan bölişgan. Kompaniyada sun'iy yöldoşlar ma'lumotlarning 100 Mbit/soniyadan kattaroq tezlik bilan yuklanişini ta'minlagani, tizimda internetga ulaniş kam vaqt olişi esa eng zamonaviy onlayn-öyinlarni öynaş imkonini berişi ma'lum qilingan.