Koronavirusga çaliniş holatlarining aksariyati – 80 foizga yaqini virusning 10-20 foiz kasallanganlardan yuqişi orqali yuz beradi. Bu haqda tvitter orqali uzatilgan savol va javoblar seansida JSST mutaxassisi Mariya van Kerkxove ma'lum qildi.

“Hamma kasallanganlar ham infeksiyani yana kimgadir yuqtirmaydi. Baholaşlarga köra, 10 foizdan 20 foizgaça kasallanganlar qolgan 80 foiz kasallaniş holatlariga javobgardir. Bu esa koronavirus tarqalişi “öçoqlar” bilan yuz berişini anglatadi”, deb tuşuntirgan mutaxassis. 

Şu munosabat bilan, Kerkxove infeksiyaning köp sonli odamlar bölgan yopiq joylarda, jumladan zaif salomatlikka ega odamlar uzoq vaqt yaşaydigan uylar, tungi klublar va turmalarda tarqalişi katta xavf solişidan ogohlantirgan.

Öz navbatida JSSTning favqulodda vaziyatlar böyiça dasturi direktori Maykl Rayan uşbu suhbatda aholining katta qismi hali ham koronavirus yuqtirişga moyil bölib qolayotganini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, ayni vaqtda koronavirus infeksiyasini ötkazganlar virusga qarşi qança uzoq vaqt immunitet bilan himoyalanişlari haqida aniq ma'lumotlar yöq.