Sanksiyalar ostiga tuşgan banklar orasida Amin Investment Bank, Bank Keshavarzi Iran, Bank Maskan, Iran Zamin Bank va boşqa banklar bor. AQŞ moliya vazirligi uşbu banklarni Eron hukumatining “ğarazgöy faoliyatini” moliyalaştirişda ayblagan.

“Eron terrorçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaşni va öz yadroviy dasturini töxtatmagunça, sanksiyalar davom etadi”, deb aytgan AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin.

Sentabr oxirida AQŞ Eron mudofaa vazirligiga qarşi sanksiyalar kiritgandi. AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo ta'kidlaganidek, AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi qurol embargosini tiklovçi farmonni imzolagan.