AQŞ Yevropa, Lotin Amerikasi va Yaqin Şarqning 18 mamlakatidan olib kiriladigan alyuminiy list mahsulotlariga yangi bojlar kiritilişini e'lon qildi. Bu haqda AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross Fox Business telekanali orqali çiqişida aytdi.
Uning sözlariga köra, yangi tartib darhol kuçga kiradi.
AFP agentligining yozişiça, Germaniyadan keltiriladigan alyuminiyga nisbatan bojlar eng maksimal darajada (353 foiz atrofida), keyingi örinda Braziliya (137 foiz) turibdi. 2019 yilda AQŞga uşbu mamlakatlardan mos ravişda 287 va 97 mln dollarlik mahsulot kirgan.
Rossning aniqlik kiritişiça, savdo vazirligi uşbu qarorni 2021 yil fevrali oxirida bekor qilişi mumkin, bundan taşqari, qaror AQŞ xalqaro savdo böyiça federal komissiyasi tomonidan örganib çiqiladi.
Vaşington joriy yil fevralida boşqa mamlakatlardan pölat va alyuminiy importiga nisbatan jarima sanksiyalarini kengaytirgandi.







